Toshkent shahar Shayxontohur tuman ichki ishlar boshqarmasiga 28 yoshli xususiy tadbirkor murojaat qilib, Lacetti rusumli avtomashinasida o‘tirgan vaqtida oldiga noma’lum shaxslar kelib, uni urib, tan jarohati yetkazib katta miqdordagi pullarini tortib olib, voqea joyidan yashiringanliklarini ma’lum qilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati xabar berdi.
Tuman ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida ushbu talonchilik jinoyatini mahalliy aholiga mansub olti nafar fuqaro sodir etgani to‘liq fosh etildi va ular qo‘lga olindi. Ularning uch nafari muqaddam sudlangan shaxslar ekanligi aniqlandi.
Mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)