“Afrosiyob” tezyurar poyezdining qo‘shimcha reyslari amalga oshiriladi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat aksiyadorlik temir yo‘l kompaniyasi yuqori qulayliklarga ega “Afrosiyob” tezyurar poyezdining qo‘shimcha reyslarini yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Qo‘shimcha poyezdlar qatnovi 2015-yil 10-apreldan 10-mayga qadar haftaning juma, shanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.
Poyezdlar Toshkentdan soat 07:00 da, Samarqanddan soat 18:00 da yo‘lga chiqadi. Safar 2 soat 10 daqiqa davom etadi.
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar
