Uzcard milliy to‘lov tizimi plastik kartochkalar egalari o‘z oilaviy byudjetlarini qulay tarzda shakllantira olishlari uchun yangi Uzcard Family loyihasini ishga tushirdi. Bu haqda tizim rasmiy sayti ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Uzcard Family oilaviy kartochkasi oilaviy hisob raqamidan qo‘shimcha kartochkalar orqali oilaning barcha a’zolariga foydalanish imkonini beruvchi vosita bo‘ladi.
Hisob raqami egasi har bir oila a’zosi yechib olishi mumkin bo‘lgan naqd pul miqdori, shuningdek alohida kunda xarid uchun ishlatishi mumkin bo‘lgan mablag‘lar miqdoriga cheklov qo‘yishi mumkin. Hisob raqami egasining xohishiga qarab, barcha qo‘shimcha kartochkalar yordamida amalga oshirilgan har bir moliyaviy operatsiya haqida uning mobil telefoniga SMS-bildirishnomalar kelib turishi mumkin. Kartochka oilaviydeyilgani bilan, qo‘shimcha kartochkalarni istalgan ishonchli odamga, jumladan do‘stlar yoki hamkorlarga ochib berish mumkin.
Hisob raqami egasi qo‘shimcha kartochkalarga o‘rnatiladigan cheklovlarni Uzcard mobil ilovasi, va my.uzcard.uz manzilidagi shaxsiy kabinet orqali boshqarib turishi mumkin. Bunday kartochkalar uchun yaqin oradan ariza topshirish boshlanishi mumkinligi ma’lum qilingan.
Izoh (0)