Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Shotlandiyaning “Patrik Sisl” futbol klubi hujumchisi Layl Teylor Montserrat milliy terma jamoasi safida Kurasao termasiga qarshi to‘p surish uchun juda uzoq yo‘lni bosib o‘tdi, deya xabar bermoqda “Segodnya.ua”.

Layl Teylorning murakkab harakat yo‘nalishi. Foto: Segodnya.ua

Layl Teylorning murakkab harakat yo‘nalishi. Foto: Segodnya.ua

Milliy terma jamoa safida ilk uchrashuvini o‘tkazish uchun futbolchi 12 ta turli samolyotda parvoz qilib, 15 ming kilometrga yaqin masofani bosib o‘tdi.

Uchrashuv 2:1 hisobida Kurasaoning g‘alabasi bilan tugadi, termada debyut qilgan Teylor esa Montserratning yagona goliga mualliflik qildi.

“11 kun davomida men 12 samolyotda uchdim va ikki marta parom orqali harakatlandim”, − Teylorning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Daily Record.

“Menda oilam tug‘ilib o‘sgan mamlakat sharafini himoya qilish imkoniyati paydo bo‘lgan ekan, bu sarguzasht-sayohatlarning hech qanday qiyinchiligi yo‘q”, − deya qo‘shimcha qildi futbolchi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Andijondagi zapravkada navbatsiz kirishga uringan haydovchi bir necha IIB xodimlari tomonidan ushlandi (video)
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda narxlarning o‘sishi sur’ati yanvar oyida pasaya boshladi
Mahalliy
Toshkentda 12 yoshli qizning murdasi zo‘rlik va qotillik alomatlari bilan topildi