Xonanda Otabek Mutalxo‘jayev idealidagi rafiqasi qanday ekanligini aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Darakchi” gazetasi.
“Mening tasavvurimdagi ideal ayol o‘z uyini saranjom-sarishta tutadigan, bir kasbning egasi, ichki va tashqi dunyosini chiroyliligiga etibor beradigan, pazandaligi, uyatchan, kamgapligi bilan ajralib turishi kerak. Qisqasi go‘zal va ro‘zg‘orbop bo‘lishi kerak”, – dedi ijodkor.