Tailand poytaxti Bangkok shahrida yakuniga yetib borayotgan tennis bo‘yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi, sovrin jamg‘armasi 15 ming dollardan iborat turnirning juftliklar musobaqasida finalchilar ma’lum bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
O‘zbekistonlik Sabina Sharipova koreyalik dugonasi Su Jeong Jang bilan yarim final bahsida turnirning uchinchi raqamli juftligi, yaponiyalik tennischilar – Miyabi Inoue va Akiko Omaega qarshi kortga chiqdi va 2:6, 5:7 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.