“‘Sendan aktrisa chiqmaydi, kadrga mos emassan. Na ijodda, na shaxsiy hayotda biror nimaga erishding...’ Bu so‘zlarni eshitish, ‘hazm qilish’, yana ortga tashlab, ‘Baribir aktrisa bo‘laman’ deyishim oson bo‘lmadi”, – deya aktrisa Zuhra Soliyevaning so‘zlaridan iqtibos keltirdi “Sug‘diyona” gazetasi.
Zuhra Soliyeva aynan tanqidlardan so‘ng o‘zida kuch topib, ishonchi shakllanganini qayd etdi: “Bugun o‘sha meni ranjitgan, tushkunlikka tushib qolishimga sabab bo‘lgan insonlardan minnatdorman”.
Aktrisa ilk rolini 32 yoshida ijro etganini yodga olar ekan, ijodni kech boshlagan bo‘lsa-da orzusi armonga aylanmaganidan xursand ekanligini ta’kidladi.
“Ortga qarab ‘Uddaladim’, deyman. Tashqi ko‘rinish, atrofdagilarning fikri, tanqidlar emas, muhimi o‘zingizda intilish bo‘lishi kerakligiga ishondim, bundan keyin ham ishonib yashayman”, – dedi ijodkor.
Izoh (0)