Fransiyaning Kruasi-Bobur shahrida tennis bo‘yicha sovrin jamg‘armasi 50 ming AQSh dollaridan iborat bo‘lgan Open GDF Suez de Seine et Marne turniri davom etmoqda. Ushbu musobaqaning juftliklar musobaqasida o‘zbekistonlik tennischi Oqgul Omonmurodova chorak finalga chiqqan edi, deb xabar beradi “Olamsport.com”.
O‘zbekistonning sobiq birinchi raqamli tennischisi ukrainalik Nadya Kichenok bilan birga chorak final bahsida chexiyalik Kristina Plishkova va britaniyalik Naomi Broadiga imkoniyatni boy berib, bahslarni tark etdi. Ikkala set ham tay-brekka qadar davom etdi va unda omad yevropalik tennischilarga kulib boqdi.
Izoh (0)