O‘zbekistonlik taniqli xonanda Shahzoda o‘zining avtohalokat oqibatida halok bo‘lgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan mish-mishlarni rad etdi, deb xabar bermoqda “Uz24.uz”.
O‘zi bilan hammasi joyida ekanligi haqidagi xabarni Shahzoda o‘zining Twitter’dagi sahifasi orqali ma’lum qilgan. Shuningdek, u foydalanuvchilarni ishonchsiz xabarlarni tarqatmaslikka chaqirgan.
Qayd etilishicha, Shahzoda avariyada halok bo‘lgani haqidagi xabar Telegram messenjeri orqali tarqalib ketgan. Xavotirlangan muxlislar xonandagi Instagram orqali yoza boshlagan, shundan keyin Shahzoda ularni tinchlantirgan.
Izoh (0)