28-29-mart kunlari Latviya poytaxti Riga shahrida sport kurashlari (erkin, yunon-rum va ayollar kurashi) bo‘yicha yoshlar o‘rtasida xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi “Olamsport.com”.
O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, musobaqada ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari jami 6 ta medalni qo‘lga kiritgan.
Yunon-rum kurashi
- “Oltin” – Islom Bahromov (55 kg)
- “Kumush” – Javohir Mirahmedov (50 kg)
- “Bronza” – Qamariddin Zayniddinov (55 kg)
- “Kumush” – Hojiakbar O‘tkirov (50 kg)
- “Bronza” – Shoyatbek Bozorbayev (74 kg)
- “Kumush” – Zuhra Mustanova (51 kg)
Izoh (0)