“O‘zbekistonda izchil demokratik islohotlar amalga oshirilmoqda va yuksak natijalarga erishilmoqda. Bugun qancha saylov uchastkalariga borgan bo‘lsam, barchasida saylovchilar uchun o‘rnak olsa arzigulik sharoit yaratilganining guvohi bo‘ldim”, – deya malayziyalik senator Mohd Suhaymi Abdullaning so‘zlaridan iqtibos keltirdi O‘zbekiston Milliy axborot agentligi.
“Saylov uchastkalari aholi uchun qulay joylarda joylashgani, barcha zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlangani, zarur uskunalar bilan jihozlangan tibbiyot, ona va bola xonalari buning yaqqol tasdig‘idir. Ovoz berishning erkinligi va yashirinligi ta’minlangan.
Tushgacha ovoz beruvchilarning aksariyati saylovda ishtirok etib bo‘lgani mamlakatingizda saylovoldi kampaniyasining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgani, nomzodlar haqidagi ma’lumotlar va ularning dasturi aholiga vaqtida yetkazilgani, eng asosiysi, fuqarolarning siyosiy faolligi yuqoriligidan dalolat.
Toshkentning toza, keng va fayzli ko‘chalarida sayr qilib, diqqatga sazovor joylarini ko‘rib, bahri-dilimiz ochildi. Mamlakatingizda mavjud sayyohlik salohiyatidan samarali foydalanish borasida ulkan ishlar olib borilayotgani tahsinga loyiq.
O‘zbekiston bilan Malayziya o‘rtasidagi hamkorlik parlamentarizm, iqtisodiyot, ta’lim va sayyohlik kabi sohalarda ravnaq topmoqda. Sayyohlik sohasidagi o‘zaro hamkorligimiz ulkan salohiyatga ega. Malayziyada O‘zbekistonni, xususan, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva kabi qadimiy shaharlarni ziyorat qilishni, mamlakatingizning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan ulkan hissasini yaqindan o‘rganishni istovchilar juda ko‘p”.
Izoh (0)