MIL77 tajriba preparati 25 yoshli britaniyalik harbiy hamshirani dunyoda ilk marta Ebola bezgagidan to‘liq davolash imkonini berdi, deb xabar qilmoqda “RBK”.
Qayd etilishicha, Anna Kross fevral oyida G‘arbiy Afrikada Eboladan jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish chog‘ida kasallikni yuqtirib olgan. U Buyuk Britaniyaga qaytarilib, Londondagi Qirollik shifoxonasida muvaffaqiyatli davolangan.
Hamshira tajriba preparatini sinab ko‘rishni o‘zi istagan, u MIL77 qo‘llangan dunyodagi ilk inson bo‘ldi. Ushbu dori Xitoyda ishlab chiqariladi.
Izoh (0)