Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani IIBga shu tumanda yashovchi xususiy tadbirkor murojaat qilib, noma’lum shaxslar uning uyi oldida qarovsiz qoldirilgan Nexia rusumli avtomashinasi ichidan katta miqdordagi pullarini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qildi, deb xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati.
Voqea joyini ko‘zdan kechirgan ichki ishlar xodimlari tomonidan o‘g‘rilar avtomashinaning eshigini oynasini sindirib ochganligini aniqlandi.
Olib borilgan tezkor-tergov tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni sodir etgan gumonlanuvchilar qo‘lga olindi. Ular poytaxtning Yunusobod tumanida yashovchi ikki fuqaro ekanligi ma’lum bo‘ldi. Ushbu o‘g‘irlik holati bo‘yicha tergov harakatlari davom etmoqda.
Izoh (0)