Italiya poytaxti Rim shahrida bo‘lib o‘tgan PRIMAVERA ROMANA nomli II xalqaro musiqa ko‘rik-tanlovida O‘zbekistonning bir guruh o‘quvchilari g‘olib bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Tanlovda Toshkent viloyati Chirchiq shahar 7-son Bolalar musiqa va san’at maktabining 7 nafar o‘quvchisi ishtirok etdi. Mazkur tanlov 9 yo‘nalish, 6 yosh toifasida tashkillashtirilgan bo‘lib, unda O‘zbekiston o‘quvchilari Fransiya, Rossiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Ozarbayjan va mezbon Italiya davlatlari vakillari bilan bellashdi.
Tanlov yakunida esa O‘zbekiston musiqachilaridan Pogosyan David, Vaxrusheva Mariya va Inkarova Lola fortepiano, Alimov Suleyman saksafon, Zakirova Lenara akadem xonandalik yo‘nalishlarida o‘z yosh toifasida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, Karamanov Meyirjan va Aqlov Jangali akadem xonandalik bo‘yicha ikkinchi o‘ringa munosib deb topildi. Ular tashkilotchilarning diplomlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Izoh (0)