So‘nggi bir oy ichida Toshkent viloyatidagi ikki korxona jami 10 ta yangi Isuzu avtobusiga ega bo‘ldi, deb xabar beradi O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Axborot xizmati.
Jumladan, “Hamkor tulpor sarmoya” MChJ 680 million so‘mdan ortiq qiymatdagi lizing shartnomasi asosida 8 dona Isuzu xarid qildi. Shahar atrofida yo‘lovchi tashish huquqini beruvchi litsenziya varaqalari olingach, avtobuslar “Bo‘zsuv f/u – Ibrat mahallasi – Farhod bozori” yo‘nalishida aholiga sifatli xizmat ko‘rsatmoqda.
Shuningdek, “Olmaliq Isuzu trans” MChJ ham “O‘zsanoatqurilishbank” Olmaliq filiali orqali jami 171 million so‘mlik lizing sharnomasi asosida 2 ta Isuzu avtobusini sotib olib keltirdi. 14 o‘rindiqli va 37 nafar yo‘lovchi tashishga mo‘ljallangan ushbu avtotransport vositalari VH-326 “Olmaliq AShB – Qo‘yliq AShB” yo‘nalishida muntazam qatnamoqda.
Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2020-sonli qarorining ijrosi doirasida viloyatdagi 9 tashuvchi korxona 2015-yil davomida jami 62 dona Isuzu avtobusi xarid qilishni rejalashtirgan.
Izoh (0)