“Paxtakor” sardori Kaxi Maxaradze Gruziya milliy terma jamoasida birinchi o‘yinini o‘tkazdi, deb xabar beradi “Stadion.uz”.
Kecha, 25-mart kuni Tbilisidagi Boris Paychadze nomidagi stadionda Gruziya va Malta terma jamoalari o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.
Bellashuvda Maxaradze 6-raqamda harakat qildi va 90 daqiqa o‘ynadi. Gruziya ustunlikka erishib, bahs oxirlarida Kankava va Kazaishvili tomonidan kiritilgan ikki to‘p evaziga g‘alaba qozondi.
Gruziya 29-mart kuni Tbilisida Yevro-2016 saralash uchrashuvida jahon chempioni Germaniyani qabul qiladi.
Izoh (0)