Kommunal xizmatlar ko‘rsatuvchi barcha tashkilotlar odatdagidan farqli ravishda bu yil 1-apreldan kommunal xizmatlar uchun tariflar oshmasligini tasdiqladi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
Tashkilotlar tariflar qachon oshishi mumkinligiga oydinlik kiritmagan. Xabar berilishicha, tegishli muassasalar tariflardagi o‘zgarishlar haqida ular kiritilishidan 15 kun oldin ma’lum qilishi lozim. Joriy yilda hozircha bunday xabarlar OAVda tarqalmadi.
Kommunal xizmatlar uchun tariflar so‘nggi marta o‘tgan yilning oktabr oyida oshgan edi. Qayd etilishicha, ko‘p yillardan buyon kommunal xizmatlar narxlari har yili 1-aprel va 1-oktabrdan oshirilgan.
Izoh (0)