2015-yilning 23-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Hindiston Respublikasi TIV Shartnoma-huquq boshqarmasi kotibi Niru Chadxa boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy saytida xabar berildi.
Ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari, O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi davlatlararo va boshqa darajalardagi bitimlarni amalga oshirish jarayoni muhokama qilindi.
Shu kunning o‘zida ikki davlat tashqi ishlar vazirliklarining yuridik tuzilmalari darajasida O‘zbekiston – Hindiston maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Hamkorlikning mavjud shartnoma-huquq negizi ko’‘ib chiqildi. Shuningdek, o‘zaro hamkorlikning huquqiy asosini kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuvda Hindiston elchisi Vikram Kumar Doraisvami ishtirok etdi.
Izoh (0)