Internet tarmoqlarida Nyu-Yorkdagi Woodstock Farm Animal Sanctuary hayvonlarga mehribonlik ko‘rsatish uyida yashaydigan ikki oyog‘idan ayrilgan Faun ismli buzoqchaga protez oyoqlar o‘rnatildi. Ayni damda u ana shu oyoqlar orqali yurishni o‘rganmoqda, deya xabar beradi “Darakchi.uz” “Glunews.ru” nashriga tayanib.
Faunning tug‘ruq chog‘ida ikki old oyoqlari jarohatlangan. Avvaliga uning hayotini saqlab qolishlariga ishonishmagandi, biroq u tirik qoldi.
Ushbu hayvonlarga mehribonlik ko‘rsatish uyida jarohatlangan va shikastlangan hayvonlar davolanadi.
https://www.youtube.com/watch?v=LsGtMqVk8Xs
Hozircha Faun bir kunda 2 soatgina ushbu protezda yuryapti. Biroq hayvonlar uyi xodimlarining fikrlariga qaraganda, bu vaqt kun sayin cho‘zib boriladi va oxir-oqibat Faun ularda qiyinchiliksiz yuradigan bo‘ladi.
Izoh (0)