2015-yilning 23-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Xitoy Xalq Respublikasining Favqulodda va muxtor elchisi Sun Litszeni qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy saytida xabar berildi.
Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati va yanada rivojlantirish istiqbollari hamda Prezident Islom Karimovning 2014-yil avgust oyida Xitoyga davlat tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Suhbat davomida turli shakllardagi muntazam O‘zbekiston – Xitoy muloqoti doirasidagi bo‘lajak uchrashuvlar jadvaliga alohida e’tibor qaratildi.
Izoh (0)