Moskva birjasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2015-yil boshidan buyon dollarning kursi ilk marta 59 rubldan pasaydi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Qayd etilishicha, Moskva vaqti bilan soat 14:32 (Toshkent vaqti bilan 16:32) da dollarning kursi 34 kopeykaga pasayib, 1 dollar 58,91 rublni tashkil etgan.
Eslatib o‘tamiz, 2014-yil oxirida rublning kursi keskin pasayib, 1 dollar 80 rubldan, 1 yevro 100 rubldan oshib ketgan edi.
Izoh (0)