SVOJJDLQK departamentining Chinoz tuman bo‘limidan ma’lum qilinishicha, Chinoz tuman hokimligi huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatiga olish inspeksiyasi mutaxassisi jinoyat sodir etdi, deb xabar beradi Huquq nashri.
Qayd etilganidek, mutaxassis mansabdor shaxs bo‘lmagan holda bir ayoldan xususiy korxonani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hujjatlarni rasmiylashtirish evaziga tovlamachilik yo‘li bilan 350 ming so‘m talab qilgan.
U ushbu pullarni inspeksiyadagi boshqa bir mutaxassis orqali olgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Sud hukmi bilan unga nisbatan tegishli jazo tayinlandi, deyiladi manbada.
Izoh (0)