Ochiq osmon ostidagi muzey hisoblanuvchi Ichanqal’aga kirish uchun to‘lov tizimida tashrif jarayonini qulaylashtiruvchi o‘zgartirish kiritildi, deb xabar bermoqda “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi.
Yangi joriy qilingan barcha xizmatlar uchun yagona to‘lov tizimi har bir xizmat uchun alohida to‘lovni amalga oshirib, vaqt sarflashning oldini oladi.
Bir martalik to‘lov Ichanqal’a bo‘ylab tarixiy ekskursiya, qiziqarli teatrlashtirilgan tomoshalarga borish, etnografik xalq konsertlari, o‘zbek milliy kinofilmlarining ingliz tilidagi namoyishi, festivallar hamda boshqa turistik shou va tadbirlarga kirish, majmuaning infratuzilmaviy obyektlaridan foydalanishni o‘z ichiga oladi.
Izoh (0)