Guli Asalxo‘jayeva xonanda Murod Manzurning taklifi bilan yangi duet qo‘shiqqa qo‘l urdi, deb xabar beradi “Darakchi” gazetasi.
Qo‘shiqni tinglab va unga ishlangan klipni tomosha qilib, Guli Asalxo‘jayevani yanada zamonaviy ko‘rinishda kashf etish mumkin. “Sevgi farishtasi” deb nom olgan tarona uchun syujet tarzida suratga olingan klipni Murod Manzur va Guli Asalxo‘jayeva rejissyorlar Hasan va Husan Otaboyevga ishonib topshirdi.
Qayd etilishicha, Asalxo‘jayevaning katta o‘g‘li Jahongir ilk bor onasining klipida suratga tushgan. U bundan avval Mavluda Asalxo‘jayeva va Ulug‘bek Rahmatullayevning kliplarida rol ijro etgan.
Izoh (0)