Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlarining harbiy xizmatchilari oilalari uchun barcha sharoitga ega ko‘p qavatli uchta yangi uy-joy foydalanishga topshirildi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabar bermoqda.
48 xonadonga mo‘ljallangan yangi uylarda chegarachilar va ularning oila a’zolari uchun barcha sharoit yaratilgan. Bolalar uchun zamonaviy o‘yin maydonchasi, ochiq suv havzasi qurilgan.
Mazkur ko‘p qavatli yangi uy “Barpoqurilishservis” ko‘p tarmoqli xususiy korxonasi bunyodkorlari tomonidan tez va sifatli barpo etildi.
Tadbirda taniqli san’atkorlar tomonidan namoyish etilgan konsert dasturi barchaga zavq-shavq bag‘ishladi.
Izoh (0)