Ispaniyaning Kosta-Brava shahrida bo‘lib o‘tgan Open Spain xalqaro musiqa tanlovida o‘zbekistonlik skripkachi Farangiz Jumayeva birinchi o‘rinni egalladi, deya xabar bermoqda “Novosti Uzbekistana” nashri.
Uning raqiblari orasida Fransiya, Ispaniya, Shvetsiya, Finlyandiya, Yaponiya, Rossiya, Ozarbayjon va boshqa davlatlar vakillari bor edi. Biroq hakamlar hay’ati skripka chalish yo‘nalishida Farangizni g‘olib deb topdi.
Farangiz Jumayeva Farg‘ona shahridagi 4-son musiqa va san’at maktabi o‘quvchisidir. O‘zbekistondagi ana shunday maktablar tarbiyalanuvchilari orasida 25 kishi xalqaro tanlovlar g‘olibidir.
Izoh (0)