Facebook’dagi “Potrebitel.uz” guruhi a’zosi 2015-yil 2-mart kuni o‘ziga nisbatan o‘ta qo‘pol munosabatda bo‘lgan avtobus haydovchisi vaqtincha ishdan chetlatilganini 3-mart kuni avtokorxona ma’lum qilgani haqida xabar qoldirgan edi. Bu bilan bog‘liq vaziyatning yangi tafsilotlari ma’lum bo‘ldi.
3-mart kuni qoldirilgan xabarda avtokorxona vakili qo‘ng‘iroq qilib, haydovchi hozircha bir necha kunga ishdan chetlatilganini, hujjatlari olib qo‘yilganini va ichki tekshiruv o‘tkazilayotganini ma’lum qilgani va uni haydovchi ishtirokida bo‘ladigan rahbariyat bilan uchrashuvga taklif qilgani ma’lum qilingan edi. Jabrlanuvchi uchrashuvni rad etib, avtokorxona o‘zi chora ko‘rib, qilingan ishlar haqida rasmiy xat jo‘natishni so‘ragan.
Foydalanuvchi 16-mart kuni guruhga qoldirgan xabarida avtokorxona tomonidan yo‘llangan xatlarni ilova qilgan. Ularda aytilishicha, 7 kundan keyin avtokorxona ishchilarining yig‘ilishi o‘tkazilib, vaziyat tushuntirilgan va buyruq chiqarilgan. Unga binoan haydovchi o‘rtacha oylik maoshining 20 foizi miqdorida jarimaga tortilgan. Jabrlanuvchi shunday ko‘rinishda bo‘lsa ham adolat qaror topganidan mamnunligini ma’lum qilgan.
Izoh (0)