Moskvadagi Xalq xo‘jaligi yutuqlari ko‘rgazmasida “Kobra” attraksionini tekshirayotgan to‘rt nafar xodim qurilma to‘xtab qolishi oqibatida yarim soat davomida teskari holatda osilib turishiga to‘g‘ri keldi, deb xabar bermoqda “Snob.ru”.
Politsiya attraksion atrofini to‘sib qo‘ygan, osilib qolganlarni qutqarish uchun esa Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari kelgan. Ularni 30 daqiqadan keyin teleskopik ko‘tarma yordamida attraksiondan olishga muvaffaq bo‘lingan, hech kim jabr ko‘rmagan.
Xodimlari attraksionda osilib qolgan “Rossiya attraksionlar ko‘rgazmasi” kompaniyasining rahbariyatini Xalq xo‘jaligi yutuqlari ko‘rgazmasi attraksionlar xavfsizligini ta’minlamaganlikda ayblab sudga berishi ma’lum qilingan.
Izoh (0)