2015-yilning 12-mart kuni Buxoro viloyatining Romiton tumani Garanshoh qishlog‘ida yashovchi fuqaro tuman Ichki ishlar bo‘limiga ariza bilan murojaat qilib, uyida sodir etilgan o‘g‘irlik to‘g‘risida ma’lum qilgan, deb xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati.
Arizachining aytishicha, o‘g‘ri uning uyiga kirib, yotoqxonasidan ma’lum miqdordagi pullarini o‘g‘irlab ketgan.
Olib borilgan tezkor-tergov tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni sodir etgan gumonlanuvchi qo‘lga olindi. U Xo‘jaobod qishlog‘ida yashovchi 30 yoshli fuqaro ekanligi ma’lum bo‘ldi. Ushbu o‘g‘irlik holati bo‘yicha tergov harakatlari davom etmoqda.
Izoh (0)