Navoiy kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasi joriy yilda umumiy qiymati 158 million dollarlik loyihalarni amalga oshirishni yakunlaydi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
Hukumat qarori bilan beshta loyihani yakunlash ishlari jadvali tasdiqlandi. Ulardan to‘rttasi mavjud ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, bittasi esa yangi obyekt qurishni ko‘zda tutadi.
Jumladan, kombinat oltin va uran ishlab chiqarishning asosiy obyektlarini texnik jihatdan qayta jihozlash bo‘yicha 57,7 million dollarlik, shuningdek Uchquduq va Zarafshondagi obyektlarni modernizatsiya qilish va qurish bo‘yicha 70,5 million dollarlik loyihalarni amalga oshiradi.
Izoh (0)