Islom taraqqiyot bankining ijrochi direktorlari kengashi 10-mart kuni Sirdaryo viloyatidagi kanalizatsiya tizimini modernizatsiya qilish uchun O‘zbekiston hukumatiga 57,5 million dollar ajratilishini ma’qulladi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
Umumiy qiymati 157 million dollar bo‘lgan loyiha Guliston, Shirin va Yangiyer shaharlarining kanalizatsiya tizimlarini kengaytirish va rekonstruksiya qilishni ko‘zda tutadi.
Loyihani amalga oshirish muddati – 4 yil. Modernizatsiyani moliyalashtirish shuningdek xalqaro moliyaviy institutlarning kreditlari va O‘zbekiston tomonining mablag‘lari evaziga amalga oshoriladi.
Izoh (0)