AQSh prezidenti Barak Obama Jimmi Kimmelning mashhur odamlar kamera qarshisida o‘zlari haqidagi yoqimsiz tvitlarni o‘qib beradigan Mean Tweets dasturida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda Meduza.
Obama o‘qigan tvitlar orasida uni biror narsa tashvishlantiradigandek ko‘rinmasa-da sochi oqarganga o‘xshashi, Obamani dunyoning narigi chekkasidagi golf maydoniga olib borib, o‘sha yerda qoldirish lozimligi, prezidentning ko‘zlari charaqlashi uchun uning qulog‘iga chiroq tutish yetarli bo‘lishi haqidagi jumlalar bor.
Odatda, ushbu dasturning bir sonida bir necha yulduz chiqish qiladi, biroq Obamaga butun son ajratilgan. Boshqalardan farqli ravishda, Obama o‘ta keskin tanqid qilingan tvitlarni o‘qimagan.
Izoh (0)