O‘zbekiston Respublikasi IIV JQ va TQKBB Korruptsiya, tovlamachilik va reketga qarshi kurash boshqarmasi xodimlari tomonidan Toshkent shahrida yashovchi bir tadbirkorning noqonuniy faoliyatini huquqni muhofaza qiluvchi organlarga bildirmaslik evaziga xususiy tadbirkordan moddiy rag‘batlantirish sifatida ma’lum miqdordagi pul mablag‘ini tovlamachilik yo‘li bilan olayotgan, poytaxtda yashovchi 30 yoshli ayol qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati.
Shu bilan birga, bir necha oylar mobaynida Toshkent shahridagi ofislardan birini ijaraga olib, soxta avtosalon ochib, avtomashina sotib olish niyatida bo‘lgan fuqarolarning juda katta miqdordagi pullarini o‘zlashtirib olib, ularga qalbaki shartnoma va kvitantsiyalar taqdim etish bilan shug‘ullangan jinoiy guruhning uch nafar a’zosi qo‘lga olindi. Shu tariqa ular aholiga juda ko‘p miqdorda moddiy zarar yetkazishgan.
Yuqoridagi holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)