O‘tgan yilning oktabr oyida “Gulzor” nomi berilgan sobiq “Ganga” savdo majmuasi oldidagi maydonda hozirda qurilish ishlari davom etmoqda, deb xabar berdi “Afisha.uz”. Sebzor ko‘chasida yerosti va yerusti o‘tish yo‘llari, shuningdek ko‘prik quriladi.
Abdulla Qodiriy ko‘chasidagi piyodalar xiyoboni kengaytirilmoqda, har ikki tarafdan uch metrdan hudud qo‘shilgan. Sebzor ko‘chasi atrofidagi hududlar ham obodonlashtirilmoqda.
Avvalroq, ushbu hududda qurilayotgan infratuzilma obyektlari tayyor bo‘lganda qanday ko‘rinishi aks etgan animatsiya internetga chiqarilgani xabar berilgan edi.
Izoh (0)