“O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat aksiyadorlik temir yo‘l kompaniyasi Navro‘z bayrami arafasidagi dam olish kunlarida 760/759-reys bilan harakatlanuvchi yuqori qulaylikdagi “Afrosiyob” tezyurar poyezdining qo‘shimcha reyslarini yo‘lga qo‘yadi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
Qo‘shimcha poyezdlar 14, 15, 21, 22, 28 va 29-mart kunlari harakatlanadi.
Poyezdlar Toshkentdan soat 07:00 da, Samarqanddan soat 18:00 da yo‘lga chiqadi. Safar 2 soat 10 daqiqaga yaqin davom etadi.
Izoh (0)