Rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy G‘arb davlatlarini Vladimir Putinga sodiq o‘nlab yirik ishbilarmonlar, jumladan Roman Abramovich va Alisher Usmonovga nisbatan sanksiyalar joriy etishga chaqirdi, deb xabar bermoqda “RBK”.
“Hozir biz Putin sulolaviy boshqaruvni o‘rnatayotganini anglab yetyapmiz. Putinga Rossiya boyliklarini nazorat qilishga yordam berayotgan barcha ‘klan’larga mo‘ljallangan G‘arb sanksiyalarigina nimanidir o‘zgartirishi mumkin. Abramovich, Usmonov va ularning oilalari o‘zlarining London yoki Shveysariyadagi qarorgohlariga bora olishmasa, hammasi boshqacha bo‘ladi”, − dedi Navalniy Financial Times gazetasiga bergan intervyusida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb davlatlari Butunrossiya davlat teleradiokompaniyasi bosh direktori Oleg Dobrodeyev, uning o‘g‘li, “Vkontakte” bosh direktori Boris Dobrodeyev, boshlovchi Vladimir Solovyov, Putinning yordamchisi Vladislav Surkov, prezident ma’muriyati rahbarining o‘rinbosari Vyacheslav Volodinga nisbatan ham sanksiyalar joriy qilishi kerak.
Izoh (0)