11-mart, chorshanba kuni Hindiston sharqidagi Manipur shtati ma’muriy markazi — Impxal shahridagi bozorlardan birida portlash sodir bo‘lishi natijasida uch kishi halok bo‘ldi, 23 kishi jarohat oldi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Jabrlanganlar kasalxonaga yetkazildi, ba’zilar — og‘ir ahvolda. Portlovchi qurilma mahalliy vaqt bilan taxminan 18:00 (Toshkent vaqti bilan 17:30)da ishga tushgan.
Hozircha hech qaysi terroristik tashkilot portlash uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga olganicha yo‘q.
Izoh (0)