Chechen yozuvchisi Ruslan Zakriyev “Avatar” filmining rejissyori Jeyms Kemerondan plagiat uchun 1 millard dollar undirishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi “Lentach”.
Yozuvchi Kemeronni film ssenariysi uchun o‘zining “Maxfiy qurol” asarini asos qilib olganlikda ayblamoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, romanni 1996-yilda yozishni boshlab, 2002-yilda internetda e’lon qilgan. Hozirda sud uchun materiallar to‘planmoqda. Checheniston yozuvchilar uyushmasi filmning va romanning ba’zi sahnalari o‘xshashligini qayd etgan.
“Kemeron filmdan ishlagan 3 milliard dollarning uchdan bir qismini bizga berishi kerak. Men kinostudiya ochib, film olishni istayman. Mening asarlarim ko‘p, kinostudiyam esa yo‘q”, − dedi Zakriyev.
Yozuvchi ekspertiza natijalarini olib, Kemeronga maktub yozgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Kemeron javob yozdimi, demak nimanidir yashirmoqda. Rejissyor film ustida ishlash 1994-yilda boshlanib, texnik imkoniyatlar cheklangani tufayli 10 yilga to‘xtab qolganini eslatgan va Zakriyevga uni plagiatda ayblagan yozuvchilar navbatida turishiga to‘g‘ri kelishini ma’lum qilgan.
Izoh (0)