Andijon viloyati Oltinko‘l tumanidagi kafelardan birida Andijon shahrida istiqomat qiluvchi 1993-yilda tug‘ilgan shaxs spirtli ichimlik iste’mol qilgan holda o‘zining 1989-yilda tug‘ilgan tanishiga tegajoqlik qila boshlagan, buning natijasida ikki yigit o‘rtasida o‘zaro janjal kelib chiqqan, deb yozadi O‘zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati.
Oqibatda ularning biri ikkinchisiga og‘ir tan jarohati yetkazib, voqea joyidan yashiringan.
Voqea joyiga yetib kelgan patrul-post xizmati xodimlari tomonidan jabrlanuvchi kasalxonaga yotqizilib, unga tibbiy yordam ko‘rsatildi. Bezori esa zudlik bilan qo‘lga olinib, holatga aniqlik kiritish maqsadida ichki ishlar idorasiga olib kelindi.
Izoh (0)