Xitoyning Zeaplus kompaniyasi ZeaWatch G2 “aqlli” soatini taqdim etdi, u tashqi ko‘rinishidan Apple Watch’ning deyarli to‘liq nusxasidir, deb yozadi “Mobinfo.uz”.
ZeaWatch G2 smart-soati kulrang alyuminiy korpusga ega. U MediaTek MTK2502, 1,54 dyuymli va 240×240 pikselli TFT-displey, 2 megapikselli kamera, 32 Mb tezkor va 128 Mb ichki xotira bilan jihozlandi.
Bundan tashqari, qurilmada suvdan himoyalanish, qadam o‘lchash, uyqu monitoringi, puls o‘lchash funksiyalari mavjud. Soat iOS va Android tizimlarida ishlovchi qurilmalar bilan integratsiyalasha oladi. Bundan tashqari, unda SIM-karta uchun slot bo‘lib, bu soatning mustaqil ishlab, qo‘ng‘iroq qilish, SMS jo‘natish va qabul qilishini ta’minlaydi.
Izoh (0)