Xalqaro olimpiya qo‘mitasi Argentina shimolida ikkita vertolyot halokatga uchrashi oqibatida uch nafar fransuz sportchisi halok bo‘lgani munosabati bilan motam e’lon qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Qayd etilishicha, Argentinaning La-Rioxa provinsiyasi osmonida ikkita vertolyot to‘qnashib ketgan. 10 kishi, jumladan Fransiyaning 8 fuqarosi halok bo‘lgan.
Ularning orasida 25 yoshli suzuvchi Kamil Myuffa, 28 yoshli bokschi Aleksis Vasten va 57 yoshli sportchi Florans Arto bo‘lgan.
Izoh (0)