Xorazm viloyati Yangiariq tumanida yashovchi fuqaroning ikki bosh qoramoli tunda noma’lum shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketildi, deb xabar beradi “Postda” nashri.
Ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv ishlari natijasida Gulobod qishlog‘ida yashovchi shaxs jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinib, qo‘lga olindi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)