AQShning General Motors kompaniyasi kapitalni tarqatish bo‘yicha yangi reja doirasida 5 millird dollarlik aksiyalarni sotib olishini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Aksiyalarni sotib olish bugundan boshlanib, 2016-yil oxirigacha davom etadi. Bundan tashqari, kompaniya 2015−2016-yillarda besh milliard dollarlik qo‘shimcha dividenlarni to‘lashni rejalashtirmoqda. Shuningdek, GM 2015-yilda vtomobil ishlab chiqarishga 9 milliard dollar investitsiya kiritib, yillik daromadni 20 foizga ko‘paytirmoqchi.
Ma’lumot uchun, General Motors 34 ta mamlakatda yengil va yuk avtomobillarini ishlab chiqaradi, 140 mamlakatda esa texnik xizmat ko‘rsatishni amalga oshiradi.
Izoh (0)