Xorazm viloyati Urganch shahridagi “Rasul trans” MChJ “O‘zavtosanoat” AK, Xorazm viloyat hokimligi va boshqa mutasaddi idoralarning ko‘magida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan Nexia va Matiz avtomobillarini xarid qildi. Bu haqda O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi axborot xizmati xabar bermoqda.
26 ta yangi avtomobil uchun bank kreditlari hisobiga “GM-O‘zbekiston” YoAJga 691 million so‘mdan ortiq mablag‘ o‘tkazib berildi.
Hozirda avtomobillarni tashqi (sariq rangga bo‘yash, tanish belgilari va plafon o‘rnatish, maxsus davlat raqam belgilari olish) va ichki (taksometr va boshqa qurilmalar o‘rnatish) jihozlash ishlari yakunlanib, aholiga yo‘nalishsiz taksi xizmati ko‘rsatish uchun hozirlik ko‘rilmoqda.
Izoh (0)