Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko 27-fevral kuni Moskva markazida o‘ldirib ketilgan rossiyalik siyosatchi Boris Nemsovni Ozodlik ordeni bilan taqdirlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi, deb xabar bermoqda Meduza.
Poroshenkoning so‘zlariga ko‘ra, Nemsov ham Ukrainaning, ham Rossiyaning erkinligi uchun kurashgan, chunki ozod Ukrainasiz ozod Rossiya bo‘lmasligini tushungan.
“Bizning va sizning ozodligimiz uchun – ushbu tarixiy shior Boris Nemsovning hayotiy shioriga aylangan edi. Shuning uchun ham men uni Ozodlik ordeni bilan taqdirlashga qaror qildim”, − dedi Poroshenko.
Izoh (0)