2015-yil 2-mart kuni o‘z hovlisida o‘ldirib ketilgan taniqli diktor Rahmatilla Mirzayevni o‘ldirganlikda gumon qilinayotgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 61 yoshli Mirzayevning jasadi 2015-yil 2-mart kuni Zangiota tumanidagi Chig‘atoy-Oqtepa qishloq fuqarolar yig‘inida joylashgan o‘z hovlisidan topilgan. Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida gumonlanuvchi qo‘lga olingan. U Zangiota tumanining Chuvalachi qishloq fuqarolar yig‘inida yashovchi 21 yoshli yigit bo‘lib chiqdi.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari vaqtida marhumning uyidan ashyoviy dalillar topilgan. Gumonlanuvchi ichki ishlar bo‘limiga olib borilgan. Hozirda tergov ushbu jinoyatning sodir etilishi sabablarini o‘rganmoqda.