AQShning sobiq prezidenti Bill Klintonning rafiqasi, sobiq davlat kotibi Hillari Klintonning Demokratlar partiyasidan mamlakat prezidentligiga nomzodi kutilganidan ancha oldin ilgari surila boshlanishi mumkin, deb xabar bermoqda “Interfaks”.
Klinton prezidentlik uchun kurashishi haqida rasman aprel oyida e’lon qilishi kutilmoqda. The Wall Street Journal ma’lumotlariga ko‘ra, bu Klintonga uni faqat saylovoldi poygasida qatnashish uchungina nomzod deb hisoblayotgan donorlarning kuchliroq qo‘llab-quvvatlashiga erishish imkonini beradi.
Shu bilan birga, u bu jarayonga qancha erta kirishsa, respublikachilar uchun shuncha yirik nishonga aylanadi. Chunki u qator jiddiy muammolar, jumladan Yaqin Sharqda IShID jangarilari bilan kurashish masalasidagi fikrlarini bildirib turishiga to‘g‘ri keladi. Shu bois Klintonning ko‘plab tarafdorlari u prezidentlik uchun kurashish istagini aytishdan yozgacha tiyilishini taxmin qilmoqda.
Izoh (0)