Yaqindagina 107 yoshni qarshi olgan “Vest Bromvich”ning Jek Jons ismli ashaddiy ishqibozi jamoasining Angliya Premyer-ligasi 27-turida “Sautgempton” bilan bo‘lgan o‘yinini stadiondan kuzatib bordi, deb xabar beradi “Stadion.uz”.
Mahalliy klub ma’muriyati keksa futbol muxlisiga ajoyib tug‘ilgan kun sovg‘asi – “Jek” nomi va 107-raqam tushirilgan maxsus futbolkani taqdim qildi.
Ushbu uchrashuvda “Vest Bromvich” futbolchilari turnir yetakchilaridan biri bo‘lgan “Sautgempton”ni 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Izoh (0)