1997 va undan keyingi yillarda tug‘ilgan futbolchilardan iborat O‘zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi aprel oyida Armaniston poytaxti Yerevan shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazadi, deb xabar beradi O‘zbekiston Futbol Federatsiyasining rasmiy sayti.
Mazkur yig‘in davomida O‘zbekiston U-19 yoshlari Armaniston U-19 terma jamoasiga qarshi ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Mazkur uchrashuvlar 22 va 24-aprel kunlari Yerevan shahrida bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston U-19 terma jamoasiga Jasur Abduraimov bosh murabbiy etib tayinlangan va terma jamoa Abduraimov boshqaruvida 15–17-fevral kunlari Toshkentda o‘zining ilk yig‘inini o‘tkazgan edi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston U-19 terma jamoasi 2–10-oktabr kunlari U-19 yoshlar o‘rtasidagi OCh saralash bahslarida ishtirok etadi.
Izoh (0)