Italiya parlamenti mamlakat hukumatini Falastinni davlat sifatida tan olishga chaqiruvchi rezolyutsiyani yoqlab ovoz berdi, deb yozadi Reuters.
Ushbu qaror uchun 300 deputat ovoz berdi, 45 kishi esa qarshi chiqdi. Ushbu tashabbusning muallifi bosh vazir Matteo Rensining Demokratik partiyasi bo‘ldi.
Avvalroq Fransiya, Ispaniya, Buyuk Britaniya va Irlandiya qonun chiqaruvchi majlislari ham o‘z hukumatlarini Falastin davlatini tan olishga da’vat etuvchi rezolyutsiyalarni qabul qilgan edi.
Izoh (0)